37 ta aviakompaniya Starlink internetini joriy etmoqda — ro‘yxat

eʼlon qilindi
Yo‘lovchilar ham internet bilan ta’minlangan reyslarni afzal ko‘rmoqda
37 ta aviakompaniya Starlink internetini joriy etmoqda / Foto: AirlineRatings.com

Parvoz vaqtida yuqori tezlikdagi internet xizmatini taqdim etish maqsadida 37 ta aviakompaniya SpaceX kompaniyasiga tegishli Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini joriy etmoqda.

Ushbu ro‘yxatga Aer Lingus, Air Baltic, Air Busan, Air Canada, Air Dolomiti, Air France, Air New Zealand, Air Seoul, Alaska Airlines, Asiana Airlines, Austrian Airlines, British Airways, Brussels Airlines, Discover Airlines, Edelweiss Air, Emirates, Eurowings, flydubai, Gulf Air, Hawaiian Airlines, Iberia, ITA Airways, Jin Air, JSX, Korean Air, LEVEL, Lufthansa, Qatar Airways, Scandinavian Airlines, Singapore Airlines, Southwest Airlines, SWISS, United Airlines, Virgin Atlantic, Vueling, WestJet va ZipAir kabi yirik xalqaro aviakompaniyalar kiradi.

Investor Sawyer Merrittning ta’kidlashicha, Starlink o‘rnatmagan aviakompaniyalar bosim ostida qolmoqda, chunki yo‘lovchilar tezkor internet mavjud bo‘lgan reyslarni afzal ko‘rmoqda.

SpaceX ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida 2,5 mingdan ortiq samolyot Starlink tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich ichiga xususiy samolyotlar, biznes-jetlar va tijoriy laynerlar ham kiradi. Hozirda esa bu raqamlar yanada oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda dunyoda eng ko‘p samolyotni qaysi kompaniya sotib olgani haqida yozgan edik.

Shuningdek