Chevrolet kuchli V8 dvigatelini namoyish qilishi kutilmoqda

7-may 2026 12:00 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet kuchli V8 dvigatelini namoyish qilishi kutilmoqda
Foto: Chevrolet Performance

Chevrolet Performance kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda yangi dvigatelga oid tizer suratni e’lon qildi. Postga katta yangi narsa kelayotgani haqida izoh yozilgan, deb xabar bermoqda GM Authority.

E’lon qilingan suratda yangi dvigatelning yuqori qismi va havo kollektoriga o‘xshash detal ko‘rinadi. Unda Chevrolet logotipi ham joylashtirilgan. Suratdagi quvurlar, ulagichlar va boshqa qismlar bu konsept emas, balki ishlab chiqarishga tayyor dvigatel bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Nashr bu yangi V8 dvigatel bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Dizayn zamonaviy GM small-block arxitekturasiga o‘xshashi aytilmoqda.

«Katta» degan ishora dvigatel hajmi yanada kattaroq bo‘lishi mumkinligini anglatmoqda. Taxminlarga ko‘ra, bu GM’ning yangi Gen 6 V8 oilasiga kiruvchi model bo‘lishi mumkin.

Avvalroq kompaniya yangi C8 Corvette Grand Sport uchun 6,7 litrli LS6 V8 dvigatelini taqdim etgandi. Yangi motor esa undan ham kuchliroq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Hozircha Chevrolet yangi dvigatelning texnik xususiyatlari va quvvati haqida rasmiy ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Equinox avtomobilining tormoz tizimi yangilanishi haqida xabar bergandi. Unga ko‘ra, ayrim holatlarda, ayniqsa, past tezlikda ABS tizimi ishga tushganda va mashina tekis yo‘ldan notekis yo‘lga o‘tganda, tormoz samaradorligi vaqtincha pasayishi mumkin. Bu esa haydovchi uchun noqulaylik tug‘dirishi ehtimoli bor.

Kompaniya muammoni hal qilishda tormoz tizimi boshqaruv modulini qayta dasturlashni taklif etmoqda. Yangilanish ko‘p hollarda avtomatik tarzda, ya’ni OTA orqali o‘rnatiladi. Shuning uchun haydovchilarga servis markaziga borish shart bo‘lmasligi mumkin.

Shuningdek