Dollar 12 100 so‘mdan oshdi: 8-may uchun valyutalar kursi

eʼlon qilindi
7-may kuni dollar 37,07 so‘mga oshib, 12 074,28 so‘mni tashkil qildi
Dollar 12 100 so‘mdan oshdi: 8-may uchun valyutalar kursi
Foto: depositphotos

8-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi yana 40,69 so‘mga oshib, 12 114,97 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 1-may kuni 37,19 so‘mga tushib, 11 937,60 so‘mga tenglashdi. So‘ng kurs ketma-ket ko‘tarildi. Xususan, 4-may kuni dollar 15,13 so‘mga oshib, 11 952,73 so‘mni, 5-mayda 40,8 so‘mga oshib, 11 993,53 so‘mni, 6-may kuni 43,68 so‘mga oshib, 12 037,21 so‘mni va 7-may kuni yana 37,07 so‘mga oshib, 12 074,28 so‘mni tashkil qildi. 

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 41,86 so‘mga oshib, 14 260,53 so‘mni, rubl esa 1,21 so‘mga oshib, 162,07 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi. 

Shuningdek