MB bank rahbarlarini jarimaga tortishi mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Yangi tartib mikromoliya banklari, faktoring va kafillik tashkilotlari hamda kredit byurolariga ham tatbiq etiladi
O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 13% gacha pasaytirishi mumkin
Foto: Kursiv Uzbekistan

Endilikda bank rahbarlari ham qoidabuzarliklar uchun shaxsan javobgarlikka tortilishi va jarimaga olinishi mumkin bo‘ladi. Bu tartib Markaziy bank tomonidan qabul qilingan yangi o‘zgartirishlarda keltirilgan.

Unga ko‘ra, mazkur tartib mikromoliya banklari, faktoring va kafillik tashkilotlari hamda kredit byurolariga ham tatbiq etiladi. Jarimalar miqdori esa tashkilotning moliyaviy holati va faoliyat ko‘lamidan kelib chiqib belgilanadi.

Shuningdek, Markaziy bank moliyaviy xizmat iste’molchilari huquqlarini tiklash bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlarga ega bo‘ladi. Jumladan, regulyator noqonuniy yoki ortiqcha undirilgan mablag‘larni mijozlarga qaytarish va qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatma berishi mumkin.

Qoidabuzarliklar qatoriga risklarni boshqarish tizimini ta’minlamaslik, noqonuniy qarorlar qabul qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish hamda qoidabuzarliklarni yashirish kabi holatlar kiritilgan.

Bundan tashqari, kiberxavfsizlik talablarini buzgan yoki bank kartalaridan mablag‘ o‘g‘irlanishining oldini olish choralarini ko‘rmagan tashkilotlarga nisbatan ayrim operatsiyalarni cheklash chorasi qo‘llanishi mumkin.

Shu bilan birga, Markaziy bank sanksiyaga uchragan bank rahbarlari haqidagi ma’lumotlarni ularning to‘liq ism-sharifi bilan ochiq e’lon qilish huquqiga ham ega bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek