Samarqandda 52 nafar bolani olib ketayotgan «damaschilar» ushlandi

eʼlon qilindi
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida
Foto: Videodan olindi

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida ikkita Damas rusumli avtomobilda jami 52 nafar bolalar noqonuniy shaklda tashib kelinayotgani bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Video: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Aniqlanishicha, bir holatda Damas rusumli avtomobil haydovchisi transport vositasiga 28 nafar bolani joylashtirib harakatlangan. Boshqa bir holatda esa yana bir Damas’da 24 nafar maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi olib ketilayotgani qayd etilgan.

«Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va haydovchilar diqqatiga: bog‘cha tarbiyalanuvchilarining hayoti va xavfsizligini xavf ostiga qo‘ymang. Ota-onalardan hushyor bo‘lishlarini so‘raymiz», – deyiladi xavfsizlik xizmati bayonotida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navoiy viloyatining Nurota tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, bir nechta voyaga yetmagan bolalalar jarohatlangani haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, hodisa 5-may kuni «Yangi hayot» MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi yo‘lning 8 – 9-kilometr oralig‘ida yuz bergan. 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi Matiz rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Tajribasizlik va chalg‘ish oqibatida u rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketgan va transport vositasi ag‘darilgan.

Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Avtomobilda bo‘lgan 14 nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi esa turli darajadagi jarohatlar bilan tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.

Shuningdek