Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etadimi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kreml saytida ro‘yxat e’lon qilindi
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Kreml saytida 9-may G‘alaba kuni bayramida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va boshqa Markaziy Osiyo rahbarlari nomlari keltirib o‘tilmagan.

Foto: kremlin.ru

Ro‘yxatda quyidagi davlat yetakchilari nomlari mavjud:

  • Abxaziya Respublikasi prezidenti Badra Gunba turmush o‘rtog‘i bilan;
  • Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko;
  • Laos Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti Thonglun Sisulit;
  • Malayziya oliy hukmdori sulton Ibrohim;
  • Slovakiya Respublikasi hukumati raisi Robert Fitso;
  • Janubiy Osetiya Respublikasi prezidenti Alan Gagloyev;
  • Serb Respublikasi (Bosniya va Gersegovina) prezidenti Sinisha Karan;
  • Serb Respublikasi Xalq skupshinasi raisi Nenad Stevandich turmush o‘rtog‘i bilan;
  • Serb Respublikasidagi Mustaqil sotsial-demokratlar ittifoqi partiyasi raisi Milorad Dodik turmush o‘rtog‘i bilan.

Kursiv Uzbekistan nashri Mirziyoyev G‘alaba paradida ishtiroki yuzasidan prezident matbuot xizmatiga so‘rov yuborgandi. 7-may soat 18:00 holatiga ko‘ra esa Kreml saytida yuqoridagi ro‘yxat e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston rahbari 2023 va 2024-yillarda 1941 − 1945-yillardagi urushda qozonilgan G‘alabaning nishonlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirlarda ham ishtirok etgan.

Shuningdek, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskvada 9-may kuni o‘tkaziladigan G‘alaba paradi bu safar harbiy texnikasiz tashkil etilishini ma’lum qildi, deya xabar berdi RBK nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, parad formatining o‘zgartirilishiga xavfsizlik bilan bog‘liq tahdidlar sabab bo‘lgan. Peskov ta’kidlashicha, hozirgi vaziyatda barcha choralar tadbir davomida xavflarni kamaytirishga qaratilmoqda.

Shuningdek, rasmiylar 2026-yilgi parad yubiley yiliga to‘g‘ri kelmasligini ham qayd etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir vaqtida mobil aloqa ham vaqtincha cheklanishi mumkin. Rossiya hukumati bayram o‘tadigan hududda xavfsizlikni maksimal darajada ta’minlashga harakat qilmoqda.

Shuningdek