Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus koll-markaz va Feedback tizimini ishga tushiradi

eʼlon qilindi
Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi loyiha ofisi faoliyati tugatiladi
Foto: yuz.uz

Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus koll-markaz va Feedback tizimini ishga tushiradi. Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Klinik audit inspeksiyasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.

Mazkur tuzilma davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni nazorat qiluvchi vakolatli organ sifatida faoliyat yuritadi. Inspeksiya tibbiy yordamni tashkil etish sifati va xizmatlarning amaldagi talablarga mosligini monitoring qiladi.

Farmonga ko‘ra, inspeksiya rahbari sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan Prezident administratsiyasi bilan kelishilgan holda tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi loyiha ofisi faoliyati tugatiladi. Uning o‘rniga vazirlik autsorsing asosida yangi tizimlarni joriy etadi.

Jumladan, aholi murojaatlari, shikoyat va takliflarini tezkor qabul qilish hamda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish uchun maxsus koll-markaz tashkil etiladi. Bundan tashqari, tibbiy xizmatlar sifati, mavjud muammolar va aholining fikr-mulohazalarini tezkor o‘rganish maqsadida Feedback — qayta aloqa tizimi ham ishga tushiriladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonlik hamshiralar uchun Italiyada ishlash dasturi yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgandi.

Shuningdek