Sud boshqaruvchilarining ish haqi KPIga o‘tkaziladi

1-iyuldan sud boshqaruvchilariga maosh to‘lash tizimi bazaviy va KPI shakliga o‘tkaziladi. Bu haqda prezident farmonida keltirib o‘tildi.
Farmon bilan sud boshqaruvchilarini tayyorlash huquqi Sud boshqaruvchilari palatasi, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda tegishli ta’lim muassasalariga beriladi.
Palata sud boshqaruvchisining a’zoligini to‘xtatish yoki uni a’zolikdan chiqarish masalasida qaror qabul qilib, uni lavozimidan ozod qilish bo‘yicha sudga murojaat etishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, sud boshqaruvchisi o‘z vazifasini lozim darajada bajarmasa, unga to‘lanadigan haq miqdori kreditorlar yig‘ilishi qaroriga asosan kamaytiriladi.
Sanatsiya boshqaruvchisi nomzodi taqdim etilmagan hollarda, nomzodlar maxsus elektron tizim orqali tanlanib, sud tomonidan tayinlanadi.
Bundan tashqari, sud boshqaruvchilarining ish haqi tizimi o‘zgartirilib, u bazaviy va natijaga (KPI) bog‘liq qismlardan iborat bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda ma’muriy sudlar 6 ta hokim qarorini bekor qilgani haqida yozgandi.