Uch oyda O‘zbekistonda 192 mingga yaqin chaqaloq dunyoga keldi

2026-yilning yanvar—mart oylarida O‘zbekistonda jami 191,9 ming nafar chaqaloq sog‘lom tug‘ildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, jami tug‘ilishlar taqsimotida o‘g‘il bolalar ulushi biroz ustunlik qildi. Xususan, joriy yilning dastlabki choragida 98,5 ming nafar o‘g‘il bola va 92,6 ming nafar qiz bola dunyoga kelgan.
2026-yilning I choragida 191 mingdan ortiq chaqaloq tug’ilgan.
Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:
| Hudud nomi | Tug‘ilishlar soni (ta) |
|---|---|
| Samarqand viloyati | 23 120 |
| Farg‘ona viloyati | 21 563 |
| Qashqadaryo viloyati | 21 292 |
| Surxondaryo viloyati | 18 468 |
| Andijon viloyati | 16 849 |
| Namangan viloyati | 16 157 |
| Toshkent viloyati | 14 923 |
| Toshkent shahri | 14 040 |
| Xorazm viloyati | 9 183 |
| Buxoro viloyati | 8 741 |
| Jizzax viloyati | 8 616 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 8 080 |
| Navoiy viloyati | 5 241 |
| Sirdaryo viloyati | 4 813 |
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida qayd etildi, u yerda uch oy ichida 23,1 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan. Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona (21,5 mingta), Qashqadaryo (21,2 mingta) hamda Surxondaryo (18,4 mingta) viloyatlari band qildi. Poytaxt Toshkent shahrida esa 14 ming nafar tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan.
Eng kam tug‘ilish ko‘rsatkichlari mamlakatning Navoiy (5,2 mingta) va Sirdaryo (4,8 mingta) viloyatlarida kuzatilgan. Qolgan hududlarda, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 mingta, Jizzaxda 8,6 mingta, Buxoroda 8,7 mingta va Xorazm viloyatida 9,1 mingta bola dunyoga kelgani ma’lum qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ITA Airways samolyotida ilk bor parvoz vaqtida chaqaloq tug‘ilgani haqida xabar bergan edi.