UzNIF «Toshkent» respublika fond birjasida listingdan o‘tdi

7-maydan boshlab O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF)ning oddiy aksiyalari «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)ning Stock Market maydonchasidagi Premium kategoriyasiga kiritildi. Bu haqda birja rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Aksiyalarning kodi UZ7058980010, birjadagi tikeri esa UZNF etib belgilandi.
Joylashtirish jamg‘arma aksiyalarining mahalliy IPO jarayoni doirasida amalga oshirilmoqda. Bu investorlar uchun milliy fond bozori orqali ommaviy savdolarda qatnashish imkoniyatini kengaytiradi.
UzNIF aksiyalariga obuna jarayoni London fond birjasi hamda «Toshkent» RFBda 2026-yil 12-mayga qadar davom etadi. Arizalar Buyuk Britaniya vaqti bilan soat 12:00 da, Toshkent vaqti bilan esa 17:00 da qabul qilish to‘xtatiladi.
Mahalliy taklif Alkes Research, Avesta Investment Group va Bluestone Financial Group Inc investitsiya vositachilari hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Jamg‘arma aksiyalari bilan savdolar birjada 18-maydan boshlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan manbasi investorlarga UzNIF milliy investitsiya fondining IPO uchun arizalar kitobini qayta imzolash uchun 2,5 soat kerak bo‘lganini bildirgandi. 29-aprelda boshlangan kampaniya allaqachon mamlakat tarixidagi eng yirik ommaviy joylashtirishga aylandi. Talab taklifdan deyarli bir zumda oshib ketgan bo‘lsa-da, investorlarda 12-maygacha vaqt bor.