11-may kuni maktablarda dars bo‘ladi, bog‘chalar esa ishlamaydi

O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, besh kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni 11-may — dushanbaga ko‘chirildi.
Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 11-may kuni umumta’lim maktablarida dars mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ushbu tartib amal qilmaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa 11-may dam olish kuni hisoblanadi.
Shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalarida ish va dam olish kunlari ichki tartib-qoidalarga muvofiq belgilanishi qayd etildi.
Ma’lumot uchun, 9-may, shanba kuni barcha xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. 10-may, yakshanba kuni esa barcha uchun odatiy dam olish kuni bo‘lib qoladi. 11-may, dushanba kuni haftasida 5 kun ishlovchilar uchun 9-maydan ko‘chirilgan dam olish kuni sifatida belgilanadi. Biroq haftasida 6 kun ishlovchilar uchun 11-may odatiy ish kuni bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri 9-may munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi haqida yozgandi.