Chet tilini bilish malaka imtihoni natijalari qachon e’lon qilinadi

eʼlon qilindi
Natijalar qo‘shimcha dam olish kuni munosabati bilan 12-may kuni e’lon qilinadi
Foto: Davlat test markazi

O‘zbekistonda joriy yilning 11-aprelidan 4-mayigacha o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari 12-may kuni e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ta’lim nazorati Telegram kanali xabar berdi.

Prezidentning 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-son Farmoniga muvofiq, 9-may — Xotira va qadrlash kuni shanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli 11-may dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Shu sababli imtihon natijalarini e’lon qilish 12-mayga ko‘chirilgan.

Foto: Davlat test markazi

Talabgorlar o‘z natijalarini @milliy_sertifikat_natijabot Telegram-boti orqali bilishlari mumkin. Shuningdek, ular muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda elektron sertifikatni ushbu bot orqali yuklab oladilar. Ushbu imtihon chet tili bo‘yicha milliy sertifikatga ega bo‘lish istagidagi nomzodlar uchun o‘tkazilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan buxgalterlarning xalqaro sertifikat imtihonlariga ketgan xarajatlar qoplab berilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek