Dam olish kunlari qaysi banklarda valyutani qulay ayirboshlash mumkin
eʼlon qilindi
Banklarning mobil ilovalari orqali ham xizmatlar amalga oshiriladi

Haftaning dam olish kunlari 23 ta tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, dam olish kunlari ham quyidagi banklar valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda:
- Agro bank
- Apex bank
- Milliy bank
- Tenge bank
- Hamkor bank
- Anor bank
- Garant bank
- Hayot bank
- Asaka bank
- Universal bank
- SQB
- Trust bank
- Ipoteka bank
- Infin bank
- Asia Alliance bank
- BRB
- Ipak yuli bank
- Mikrokreditbank
- Aloqabank
- Xalq banki
- Orient Finance bank
- Turon bank
- Poytaxt bank
Shu bilan bir qatorda, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida bankka tashrif buyurmasdan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 12-may uchun valyutalar kursini e’lon qilgan edi.