Indoneziyadagi Dukono vulqoni otildi, qurbonlar bor — video

Indoneziyaning Halmahera orolida joylashgan Dukono vulqoni otilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Krater yaqinida qolib ketgan sayyohlarni evakuatsiya qilish ishlari boshlandi, deya xabar bermoqda CNN.

Mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida ikki nafar Singapur fuqarolari va bir indoneziyalik bo‘lgan. Milliy qutqaruv agentligi BASARNAS esa bu ma’lumotni hali rasman tasdiqlamadi.
O‘sha paytda 20 ga yaqin kishi — 9 nafar xorijlik va 11 nafar mahalliy sayyoh vulqonga chiqish uchun harakat qilayotgan bo‘lgan. Halmahera shimoliy hududi politsiyasi rahbarining ma’lum qilishicha, 15 nafar sayyoh tog‘dan xavfsiz tushirilgan, qolganlar esa qutqaruv jarayonida. Halok bo‘lgan uch kishining jasadlari hozircha vulqon hududida qolmoqda, chunki faol vulqon faolligi sabab ularni olib chiqish imkoni bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, Dukono Indoneziyaning eng faol vulqonlaridan biri hisoblanadi. Mart oyidan beri vulqon faolligi ortib bormoqda. Vulqon «Tinch okeani olov halqasi» hududida joylashgan bo‘lib, bu zona dunyodagi eng seysmik faol mintaqalardan biri hisoblanadi. Guvohlar ham vulon otilishi oldidan yer silkinishlari kuzatilganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gavayida Kilauea vulqoni 300 metrlik lava favvorasini hosil qilgani haqida yozgan edik.