Mirziyoyevning qarindoshi Ikkinchi jahon urushida 20 nafar dushmanni yo‘q qilgan — TASS

Arxiv hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning amakivachchasi — Sovet Ittifoqi Qahramoni Urumbek Yaqubov Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniya qo‘shinlariga qarshi janglarda faol ishtirok etgan. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarda qayd etilishicha, u 31-o‘qchi diviziyaning 248-o‘qchi polki minomyot rotasi hisobining komandiri edi. Polsha va Germaniya o‘rtasidagi Oder daryosini kechib o‘tish operatsiyasi vaqtida u o‘z bo‘linmasi bilan birga dushman hujumlarini qaytarishda ishtirok etib, piyoda qo‘shinlarga ko‘prik yaratishda muhim rol o‘ynagan.
Hujjatlarga ko‘ra, janglar davomida u 7 marta qarshi hujumni bartaraf etishga yordam bergan hamda 20 nafardan ortiq nemis askar va ofitserlarini yo‘q qilishda qatnashgan.
Avvalroq 1944-yilda u Dnepr daryosini kesib o‘tish janglaridagi jasorati uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u «Jasorat uchun» va «Kavkaz mudofaasi uchun» medallari bilan ham taqdirlangan.
1945-yil aprel oyida esa Oder daryosi yaqinidagi janglardagi xizmatlari uchun «Qizil Yulduz» ordeni bilan mukofotlangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorligi poyiga gul qo‘ygani haqida yozgandi.