«Real Sanjik» 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

eʼlon qilindi
Unga BHMning 410 baravar miqdorida jarima ham tayinlandi
«Real Sanjik» 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi / Foto: Kursiv Uzbekistan

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudi «Real Sanjik» nomi bilan tanilgan Sanjar Karimovga 5 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi va BHMning 410 baravar miqdorida (salkam 169 mln so‘m) jarima tayinladi. Bu haqda sud jarayonida ishtirok etgan Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.

Karimovga Jinoyat kodeksining 112-modda 1-qismi (o‘ldirish yoki zo‘ravonlik bilan tahdid qilish), 168-modda 4-qismi (firibgarlik) hamda 273-modda 2-qismi (giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar va ularni sotish maqsadida tayyorlash va saqlash) kabi bir nechta moddalari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun, Sanjar Karimov 2025-yil 28-noyabr kuni u qamoqqa olingan va unga yuqoridagi ayblovlar qo‘yilgan. Sud jarayoni davomida himoya tomoni uni to‘liq oqlash yoki yengilroq jazo qo‘llashni so‘ragan va aybni tasdiqlovchi yetarli dalillar yo‘qligini bildirgan. Shuningdek, yetkazilgan zarar rasmiy ravishda qoplanmagani ham qayd etilgan.

So‘nggi so‘zida Sanjar Karimov voqealardan afsusda ekanini bildirgan, otasining vafot etgani va kelajakda farzand tarbiyalash orzusi borligini aytib, hissiyotlarini yashira olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prokuror 2026-yil 1-may kungi sud majlisida Karimovga 5 yil ozodlikdan mahrum etish va BHMning 500 baravar miqdorida (206 mln so‘m) jarima tayinlashni so‘ragan edi.

Shuningdek