Tajriba talab etilmaydi: Tesla sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassislar izlamoqda

Tesla ma’lumotlarni belgilash (data labeling) bo‘yicha mutaxassislar izlamoqda. Ushbu lavozimda ishlovchilar sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish tizimlarini o‘rgatish uchun rasm, video, matn va audio kabi xom ma’lumotlarni tayyorlaydi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bonuslar va aksiyalar hisobga olinganda yillik ish haqi $150 minggacha yetishi mumkin. E’tiborlisi, ushbu lavozim uchun sun’iy intellekt sohasida ish tajribasi talab qilinmaydi.
Tesla yangi xodimlarga ish joyida o‘qitish dasturini taqdim etadi. Rahbarlik lavozimlarida esa 9:00 dan 17:00 gacha ish rejimi, to‘liq ijtimoiy paket, tibbiy sug‘urta, pensiya ta’minoti hamda kompaniya aksiyalarida ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Kompaniyaning sun’iy intellekt bo‘yicha direktori Duan Penfey real ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha dunyodagi eng yirik tizimni yaratishni maqsad qilganini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, bu jarayon Optimus robotlari va avtonom tizimlarni o‘qitishda muhim rol o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla kompaniyasi 2026-yil uchun $25 mlrddan ortiq sarflashni rejalashtirgani haqida yozgan edik.