Dollar hafta davomida 162 so‘mga oshdi

eʼlon qilindi
Dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishlari
Dollar hafta davomida 162 so‘mga oshdi
Foto: depositphotos

Dollar kursi hafta davomida faqat o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi. «Kursiv» nashrining ushbu maqolasida dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishlari haqida so‘z boradi.

Dollarning o‘zgarishi

Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

Hafta boshida, 4-may kuni AQSh dollari 15,13 so‘mga oshib, 11 952,73 so‘mni tashkil etdi. 5-may kuni 40,8 so‘mga ko‘tarilib, 11 993,53 so‘mga, 6-mayda 43,68 so‘mga oshib, 12 037,21 so‘mga, 7-mayda 37,07 so‘mga oshib, 12 074,28 so‘mga va 8-may kuni yana 40,69 so‘mga oshib, 12 114,97 so‘mga yetdi.

Umuman olganda, dollar kursi hafta davomida 162,24 so‘mga ko‘tarildi.

Savdo hajmlari

Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri
SanaMiqdor
4-may1,51 trln so‘m
5-may3,59 trln so‘m
6-may2,97 trln so‘m
7-may3,44 trln so‘m
8-may2,01 trln so‘m

Valyuta birjasida hafta davomida umumiy 13,52 trln so‘mlik dollar xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 12-may uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi. 

Shuningdek