
Dollar kursi hafta davomida faqat o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi. «Kursiv» nashrining ushbu maqolasida dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishlari haqida so‘z boradi.
Dollarning o‘zgarishi

Hafta boshida, 4-may kuni AQSh dollari 15,13 so‘mga oshib, 11 952,73 so‘mni tashkil etdi. 5-may kuni 40,8 so‘mga ko‘tarilib, 11 993,53 so‘mga, 6-mayda 43,68 so‘mga oshib, 12 037,21 so‘mga, 7-mayda 37,07 so‘mga oshib, 12 074,28 so‘mga va 8-may kuni yana 40,69 so‘mga oshib, 12 114,97 so‘mga yetdi.
Umuman olganda, dollar kursi hafta davomida 162,24 so‘mga ko‘tarildi.
Savdo hajmlari

| Sana | Miqdor |
|---|---|
| 4-may | 1,51 trln so‘m |
| 5-may | 3,59 trln so‘m |
| 6-may | 2,97 trln so‘m |
| 7-may | 3,44 trln so‘m |
| 8-may | 2,01 trln so‘m |
Valyuta birjasida hafta davomida umumiy 13,52 trln so‘mlik dollar xarid qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 12-may uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.