Mirziyoyev Moskvada harbiy texnikalarsiz boʻlgan paradda ishtirok etdi — foto

eʼlon qilindi
Gʻalabaning 81 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda
Foto: prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 81 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Unda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston pezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Laos prezidenti Txonglun Sisulit, Malayziya podshohi Sulton Ibrohim, Slovakiya Hukumati Raisi Robert Fitso va boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ham qatnashdi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Urushda qariyb 2 million nafar oʻzbekistonlik frontga safarbar etildi. Qonli janglarda 538 mingdan ortiq yurtdoshimiz halok boʻldi, 158 mingdan ziyodi bedarak yoʻqoldi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Paraddan soʻng Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va boshqa yetakchilar bilan birga Moskvadagi Aleksandr bogʻida joylashgan Nomaʼlum askar qabriga gul qoʻydi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Ushbu yodgorlik Gʻalaba yoʻlida jon fido qilgan millionlab askarlar, shu jumladan, Oʻzbekiston farzandlari xotirasiga ehtirom ifodasi boʻlib, Vatan himoyachilarining matonati, qahramonligi va fidoyiligi ramzi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2007-yildan beri ilk bor Qizil maydondagi parad harbiy texnikalarsiz o‘tkazildi. U taxminan 45 daqiqa davom etdi. Ammo tadbirning havo qismida harbiy samolyotlar parvozi saqlab qolindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Putin Mirziyoyevning Moskvaga tashrifini alohida signal deb atagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek