Aprel oyida qoramol go‘shti importi hajmi 11,2 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
Mart oyiga nisbatan xorijdan mol go‘shti xarid qilish qiymati 6,6 foizga pasayib, $57,04 mingni tashkil qildi
Foto: Kursiv Uzbekistan

2026-yilning aprel oyida O‘zbekistonga xorijdan keltirilgan qoramol go‘shti hajmi mart oyiga nisbatan 11,2 foizga qisqardi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Aprel oyida mamlakatga jami 11,25 mln kg qoramol go‘shti keltirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich mart oyida 12,67 mln kg ni tashkil etgan edi. Mahsulotning umumiy xarid qiymati ham o‘tgan oydagi $61,06 mingdan aprelda $57,04 minggacha tushgan.

Go‘sht importining umumiy qiymati ham pasayish ko‘rsatib, $84,77 mingdan $78,75 minggacha qisqargan. Xususan, tovuq go‘shti xaridi $6,36 mingga (martda $7,02 ming), qo‘y go‘shti importi esa $8,62 mingga (martda $9,66 ming) tushgan.

Mamlakatga kurka go‘shti olib kelish keskin oshib, uning qiymati $1,21 mingga yetgan. Shuningdek, 421 ming kg dan ortiq ($708,4 ming) o‘rdak go‘shti importi qayd etilgan. Qolgan xaridlar tarkibini konservalangan go‘shtlar ($1,38 ming), kolbasa ($626,8 ming) hamda cho‘chqa go‘shti ($53,3 ming) tashkil etdi. Ikkala oy davomida ham g‘oz va ot go‘shti import qilinmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan chorva kasalliklari O‘zbekistonga xavf solishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek