12-may kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Farg‘ona vodiysi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, cho‘l hududlarida esa chang-to‘zon bo‘lishi prognoz qilinmoqda
Foto: Ayyub Nurmuxamedov

12-may kuni O‘zbekistonning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq Farg‘ona vodiysi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lum qildi.

Mamlakat bo‘ylab havo harorati kunduzi 23-28 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol tezligi o‘rtacha 7-12 m/s ni tashkil etadi. Respublikaning shimoliy qismi hamda cho‘l hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Toshkent shahrida yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Poytaxtda shamol tezligi sekundiga 3-8 metrni tashkil etib, havo harorati 25-27 daraja issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa ob-havo birmuncha salqin bo‘lib, harorat 12-17 darajani tashkil etadi. Bu hududlarda yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi, uning vaqtida shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi aytilmoqda. Mutaxassislar tog‘li hududlarda yashovchi va dam oluvchilarni sel kelishi hamda suv toshqinlari xavfidan ogohlantirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10-may kuni O‘zbekistonda yomg‘ir va shamol kuzatilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek