BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazini ochadi

eʼlon qilindi
Markazlarda MRT, MSKT, rentgen, gemodializ va laboratoriya xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi
BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazini ochishi mumkin
Foto: «Dunyo» AA

BAAning Unison Capital Investment kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta zamonaviy diagnostika markazini tashkil etish loyihasini taqdim qildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Bu masala O‘zbekistonning BAAdagi elchisi Umid Shodiyev va kompaniya ijrochi direktori Tamer Akl uchrashuvida muhokama qilindi.

Tomonlar davlat-xususiy sheriklik asosida sog‘liqni saqlash infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi. Xususan, Farg‘ona viloyatida kompyuter tomografiyasi bo‘limlarini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.

Kompaniya respublika bo‘ylab to‘liq siklli 100 ta diagnostika markazini ochishni rejalashtirmoqda. Markazlarda MRT, MSKT, rentgen, gemodializ va laboratoriya xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Unison Capital Investment rahbariyati Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Forum doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat tibbiyot muassasalari uchun litsenziya olish majburiy bo‘lishi haqida xabar qilingandi. Qarorga ko‘ra, davlat tibbiyot muassasalariga litsenziya berish hamda ularda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, davlat tibbiyot muassasalari uchun litsenziya olish majburiy etib belgilandi.

Shuningdek