Kogon tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar pora bilan ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Kogon tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar pora bilan ushlandi / Foto: DXX

Buxoro viloyatining Kogon tumani hokimi o‘rinbosari tamagirlik yo‘li bilan $12 ming miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Buxoro tumanida shartnoma asosida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer «Qum Sulton» massivida joylashgan ekin maydonlariga Kogon tumani hududi orqali keladigan suv to‘xtatib qo‘yilgani sababli yordam so‘rab mazkur shaxsga murojaat qilgan.

Tekshiruvlarda aniqlanishicha, hokim o‘rinbosari suv ta’minotini tiklab berish va kelgusida muammo bo‘lmasligini va’da qilib, buning evaziga $15 ming talab qilgan.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan qo‘lga tushgan edi.

Shuningdek