Lalmi va yaylov yerlarni foydalanishga kiritganlar rag‘batlantiriladi

eʼlon qilindi
Ularni foydalanishga kiritish muddati esa ikki yil etib belgilandi
Yerlarni ijaraga berish muddati 49 yil etib belgilanadi
Lalmi va yaylov yerlarni foydalanishga kiritganlar rag‘batlantiriladi / Foto: Facebook

Lalmi va yaylov yerlarni samarali foydalanishga jalb etish hamda ularni iqtisodiy muomalaga kiritishni kuchaytirishga qaratilgan yangi rag‘batlantirish mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Prezident farmoniga muvofiq, lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritish ishlari endi yer tuzish loyihasi va texnik-iqtisodiy asos (TIA) bilan amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari tomonidan dasturlar tasdiqlanadi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga buyurtmanoma beriladi.

Farmonga ko‘ra, yer tuzish loyihalari va TIAni ishlab chiqish hamda tegishli idoralar bilan kelishish Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etiladi. Ushbu hujjatlar hududiy hokimliklar va mas’ul idoralar tomonidan tasdiqlanadi.

Shuningdek, TIAda yer uchastkalarini foydalanishga kiritish bosqichlari, muddatlar, xarajatlar, moliyalashtirish manbalari, loyiha samaradorligi hamda nazorat mexanizmlari belgilab beriladi. Bundan tashqari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ham nazarda tutiladi.

Yer uchastkalari, ularning loyihasi va TIA bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan tartibda «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali ochiq auksionga chiqariladi. Ularni foydalanishga kiritish muddati esa ajratilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 2 yil etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fermer va klasterlarning ayrim kredit xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilishi haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek