Lamin Yamal g‘alaba paradida «Real» muxlislarini kamsitdi

12-may 2026 16:20 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: beIN SPORTS

«Barselona» klubi La Liganing joriy mavsumidagi chempionlik unvonini nishonlash paradida provokatsion holatlar kuzatildi. Xususan, jamoaning yosh yulduzi Lamin Yamalning xatti-harakatlari jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Foto: Instagram / Lamin Yamal

Parad davomida vinger qo‘lida «Xudoga shukur, men madridista emasman» (Thank God I’m not Madridista) yozuvi tushirilgan futbolkani ko‘tarib raqsga tushgani aks etgan kadrlar tarqaldi. Keyinchalik futbolchi ushbu holat aks etgan rasmni ham Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Foto: Instagram / Lamin Yamal

Bu holat azaliy raqib «Real Madrid» muxlislariga nisbatan ochiq provokatsiya sifatida baholanmoqda. Shuningdek, Yamal bayram davomida avtobus ustida Falastin bayrog‘ini ko‘tarib chiqqani ham ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Foto: Tribuna.com

Faqatgina Yamal emas, balki «Barselona»ning yana bir yosh futbolchisi Fermin Lopes ham bayram tadbirlarida o‘ziga xos tarzda ko‘rinish berdi. U «Anti-Madridista» yozuvi tushirilgan sharf bilan suratga tushgan. Ushbu holatlar ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, muxlislar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga va turlicha reaksiyalarga sabab bo‘ldi.

Foto: David Ramos / Getty Images

Ma’lumot uchun, «Barselona» La Liganing 35-turida o‘z maydonida azaliy raqibi Madridning «Real» klubini qabul qilib, 2:0 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. O‘sha uchrashuvda Ferran Torres va Markus Reshford kiritgan gollar evaziga «ko‘k-anorranglilar» chempionat yakunlanishiga 3 tur qolganida muddatidan avval Ispaniya chempioni degan nomni naqd qilib qo‘ydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lamin Yamal ispaniyalik model bilan uchrashayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek