Oylik maosh 2500 yevrogacha: o‘rta tibbiyot xodimlari Germaniyada ishga taklif etilmoqda

eʼlon qilindi
Ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 15-mayga qadar davom etadi
2026-yildan davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasi joriy qilinadi
O‘rta tibbiyot xodimlari Germaniyada ishga taklif etilmoqda / Foto: LinkedIn

O‘rta tibbiyot xodimlari uchun Germaniyada ish va ta’lim imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan bepul xalqaro dastur e’lon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

«Globogate» dasturi doirasida Germaniya bo‘ylab klinikalarda ishlash uchun 800 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etilmoqda. Dastur 10 oylik bepul nemis tili kurslarini o‘z ichiga oladi hamda ishtirokchilar sinov muddati bilan ishga joylashtiriladi.

Ma’lumotga ko‘ra, ish vaqti haftasiga o‘rtacha 39 soatni tashkil qiladi, kunlik ish 8 soatdan iborat bo‘ladi. Dastlabki bosqichda oylik maosh 1900 yevro (taxminan $2010) etib belgilangan bo‘lib, kasb tan olinishi va sinov muddati yakunlangach 2500 yevro (taxminan $2650) miqdorida ish haqi to‘lanadi.

Dasturda 20 – 36 yosh oralig‘idagi, 3 yillik tibbiyot kolleji diplomiga ega, sog‘lom va sudlanmagan nomzodlar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar 2 bosqichli tanlov asosida saralanadi hamda dastur shartlarini buzmaslik majburiyatini oladi.

Shuningdek, dastur ishtirokchilariga 10 oylik stipendiya, bepul o‘quv binosi, turarjoy, «B2» darajadagi til sertifikati xarajatlari, hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash, viza hamda aviachipta xarajatlari, shuningdek, Germaniyada ishga joylashish xizmatlari bepul taqdim etiladi.

Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 2026-yil 15-maygacha davom etadi. Murojaat va batafsil ma’lumotlar uchun 1282 maxsus aloqa raqami mavjud bo‘lib, ushbu havola orqali onlayn platformada ariza topshirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada parvarishlash sohasida ayollar uchun bepul ta’lim va ishga joylashish imkonini beruvchi grant dasturi e’lon qilingan edi.

Shuningdek