«O‘zbeksirk» binosi qayta ta’mirlanadi

Toshkent shahridagi «O‘zbeksirk» binosi va infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etiladi. Bu haqda Madaniyat vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Unda sirk majmuasini rekonstruksiya qilish, hayvonlar uchun qo‘shimcha saqlash joylarini barpo etish, zamonaviy texnik jihozlar o‘rnatish hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Muhokamalarda Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa qator tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Yakunda bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish uchun maxsus ishchi guruh shakllantirish va loyiha bo‘yicha tegishli ishlarni boshlashga kelishib olindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent «Brodveyi» yangilanishi haqida yozgandi.