Xitoyda 650 ming dollarlik boshqariladigan mexa-robot sotuvga chiqadi

eʼlon qilindi
GD01 modelidagi qurilma $650 ming qiymatida baholanmoqda
Foto: Unitree

Unitree Robotics kompaniyasi ommaviy ishlab chiqarishga tayyor bo‘lgan dunyodagi ilk boshqariladigan GD01 mexa-robotini namoyish qildi. Robotning narxi $650 mingga baholanmoqda.

Mazkur robot odamdan ikki barobar baland bo‘lib, og‘irligi qariyb 500 kg ni tashkil etadi. Qurilma ham ikki, ham to‘rt oyoqda harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lib, qo‘llarini qo‘shimcha tayanch sifatida ishlata oladi.

Foto: Unitree

Mashinaning himoyalangan kabinasiga faqat bir kishi joylashishi mumkin. Tarmoqlarda e’lon qilingan videoda robotni Unitree Robotics rahbari Van Sinsin shaxsan sinovdan o‘tkazayotganini ko‘rish mumkin. Ishlab chiqaruvchilar bo‘lajak egalaridan ushbu texnikani faqat «xavfsiz va do‘stona» maqsadlarda qo‘llashni so‘radi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Meta robotlar uchun SI ishlab chiquvchi startapni sotib olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek