Xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi

eʼlon qilindi
Bu yil barcha jarayonlar to‘liq onlayn shaklga o‘tkazildi
Sotsiologiya fani qayta tiklandi va OTMda o‘qitiladi
Foto: Sun’iy intellekt

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil ishlagan, ammo oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun davlat OTMga kirishda tavsiyanoma berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lum qildi.

Imtiyozdan foydalanish uchun qo‘mita tavsiyanomasini olish kerak bo‘ladi. Buning uchun nomzod o‘rta maxsus yoki professional ta’lim diplomiga ega bo‘lishi, oliy ma’lumot olmagan bo‘lishi hamda diplomdagi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil ishlagan bo‘lishi kerak.

Bu yil barcha jarayonlar to‘liq onlayn shaklga o‘tkazildi. Arizani my.gov.uz portali orqali mustaqil topshirish mumkin. Elektron tizimdan foydalanishda qiyinchilik bo‘lsa, Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin.

Tavsiyanoma abituriyentni avtomatik ravishda talaba qilmaydi. U faqat alohida qabul kvotasi bo‘yicha imtihonlarda qatnashish huquqini beradi.

Shuningdek, tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta amal qiladi. 2024 yoki 2025-yilda tavsiyanoma olib, o‘qishga kira olmaganlar bu yil qayta ariza topshirmasa ham bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga o‘qish uchun kelgan xorijliklar soni 2,3 baravar oshgani xabar qilingandi. Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p talabalar Turkmanistondan kelgan. Ularning soni 7,2 ming nafarni tashkil qilgan. Hindistondan 2,8 ming nafar, Tojikistondan 1,2 ming nafar talaba kelgan.

Shuningdek