General Motors yangi Chevrolet Sonic krossoverini taqdim etdi — foto, narx

12-may 2026 14:12 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Yangi Chevrolet Sonic krossoveri taqdim etildi — narx
Foto: GM Authority

General Motors kompaniyasi Braziliyada yangi 2027-yilgi Chevrolet Sonic krossoverini rasman taqdim etdi. Bu haqda GM Authority xabar berdi.

Unga ko‘ra, kompaniya ushbu modelni Chevrolet’ning Janubiy Amerikadagi eng muhim yangi avtomobillaridan biri deb atadi. Yangi Sonic ilk bor budjet segmentidagi kupe uslubidagi krossover sifatida ishlab chiqarildi.

Foto: GM Authority

Avtomobil Premier va RS komplektatsiyalarida sotuvga chiqdi. Har ikki versiya zamonaviy xavfsizlik va texnologik tizimlar bilan jihozlangan. Ular orasida yangi avlod Chevrolet Intelligent Driving tizimi ham bor.

Yangi Sonic 1 litrli turbomotor bilan taqdim etildi. Uch silindrli dvigatel 115 ot kuchi va 186 Nm moment ishlab chiqaradi. Motor 6 pog‘onali avtomat uzatma bilan ishlaydi.

Foto: GM Authority

Krossoverning o‘rtacha yonilg‘i sarfi 14,8 km/lni tashkil qiladi. Model Braziliyadagi GM Gravatai zavodida ishlab chiqariladi. Avtomobil Braziliya va boshqa Janubiy Amerika bozorlari uchun mo‘ljallangan.

Foto: GM Authority

2027-yilgi Chevrolet Sonic’ning boshlang‘ich narxlari quyidagicha:

  • Premier versiyasi – $26,5 ming;
  • RS versiyasi – $27,5 ming.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Chevrolet Spark eng ko‘p sotilgan elektromobil krossoverga aylangani haqida xabar berilgandi. Aprel oyining o‘zida model sotuvi 1 ming donadan oshib, kompaniya uchun yangi natija qayd etgan. GM Brazil vakillari braziliyalik xaridorlar SUV segmentiga katta qiziqish bildirayotgani va elektromobillarga talab ortib borayotganini ta’kidladi.

Shuningdek