Toshkent bozorlarida bo‘yalgan pomidorlar sotilyaptimi — rasmiy bayonot

eʼlon qilindi
Toshkent bozorlarida bo‘yalgan pomidorlar sotilayotgani haqidagi xabarlar asossiz bo‘lib chiqdi
Foto: Unsplash

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi poytaxt bozorlarida kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan pomidorlar sotilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Avvalroq, pressa.uz nashrida Toshkent bozorlarida kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan pomidorlar ommaviy ravishda sotilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ushbu xabar ortidan Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari poytaxtdagi barcha oziq-ovqat bozorlarida o‘rganish ishlari olib bordi. O‘rganishlar natijasida kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan sabzavot mahsulotlari sotilayotgani holatlari aniqlanmagan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Hokimlik aholiga e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, OAV va axborot resurslaridan ma’lumotlarni e’lon qilishdan oldin vakolatli organlar orqali tekshirishni so‘radi. Shuningdek, noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish qonunchilikka ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda pomidor eksporti 3,3 ming tonnaga kamaygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek