
O‘zbekistonda 2026-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, 353 ming 472 ta dehqon xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Hududlar kesimida dehqon xo‘jaliklarining eng ko‘pi Andijon viloyatiga to‘g‘ri keladi 53,2 ming ta. Undan keyingi o‘rinlarni Xorazm (47,2 ming ta) va Samarqand (42 ming ta) viloyatlari egallagan.
| T/r | Hudud nomi | Dehqon xo’jaliklari soni |
| 1 | Andijon viloyati | 53 265 |
| 2 | Xorazm viloyati | 47 276 |
| 3 | Samarqand viloyati | 42 084 |
| 4 | Farg’ona viloyati | 32 554 |
| 5 | Qashqadaryo viloyati | 30 374 |
| 6 | Surxondaryo viloyati | 25 834 |
| 7 | Namangan viloyati | 24 961 |
| 8 | Buxoro viloyati | 20 716 |
| 9 | Toshkent viloyati | 20 524 |
| 10 | Jizzax viloyati | 17 309 |
| 11 | Sirdaryo viloyati | 13 813 |
| 12 | Qoraqalpog’iston Respublikasi | 13 381 |
| 13 | Navoiy viloyati | 11 326 |
| 14 | Toshkent shahri | 55 |
| Jami | O’zbekiston bo’yicha | 353 396 |
Boshqa hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha: Farg‘ona viloyatida 32,5 ming ta, Qashqadaryo viloyatida 30,3 ming ta, Surxondaryo viloyatida 25,8 ming ta, Namangan viloyatida 24,9 ming ta, Buxoro viloyatida 20,7 ming ta dehqon xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 20,5 ming ta, Jizzax viloyatida 17,3 ming ta, Sirdaryo viloyatida 13,8 ming ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13,3 ming ta, Navoiy viloyatida 11,3 ming ta dehqon xo‘jaligi ro‘yxatga olingan. Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich eng kam 55 tani tashkil etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan qanday himoya qilish mumkinligi haqida xabar bergan edi.