Dollar 12 100 so‘mdan tushdi: 14-may uchun valyutalar kursi

eʼlon qilindi
13-mayda dollar 3,71 so‘mga oshib, 12 145,65 so‘mni tashkil qildi
Foto: Pixabay

14-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 72,23 so‘mga tushib, 12 073,42 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 6-may kuni 43,68 so‘mga oshib, 12 037,21 so‘mni, 7-may kuni 37,07 so‘mga oshib, 12 074,28 so‘mni, 8-may kuni 40,69 so‘mga oshib, 12 114,97 so‘mni va 12-may kuni yana 26,97 so‘mga oshib, 12 141,94 so‘mga yetdi. 13-mayda kurs yana 3,71 so‘mga oshib, 12 145,65 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 134,36 so‘mga tushib, 14 134,35 so‘mni, rubl esa 0,14 so‘mga oshib, 164,47 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida 162 so‘mga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek