Google Gemini uchun maxsus noutbuk liniyasini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Yangi qurilmalar Acer, Asus, Dell, HP va Lenovo tomonidan ishlab chiqariladi va ChromeOS’da ishlaydi
Foto: 24jerusalem.com

Google kompaniyasi Gemini Intelligence va ChromeOS bilan integratsiyalashgan yangi Googlebook premium noutbuklar liniyasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida e’lon qilindi.

Googlebook bitta aniq noutbuk emas, balki turli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan va Gemini’ning barcha funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar qatoridir. Bu Google’ning oldingi Chromebook Plus liniyasiga o‘xshash yondashuv hisoblanadi.

Foto: Rozetked

Yangi noutbuklar qatoriga maxsus Gemini tugmasi va Magic Pointer funksiyasi qo‘shiladi. Magic Pointer yordamida foydalanuvchilar kursorni ko‘rsatkichga aylantirishi mumkin, bu esa Gemini’ga yo‘naltirilgan obyektni aniqlash va kontekstga mos yordam berish imkonini beradi.

Shuningdek, Android ilovalari bilan sinxronizatsiya yaxshilanib, smartfon va kompyuter o‘rtasida fayllarni bitta tugma yordamida uzatish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Foto: Mobile Syrup

Googlebook qurilmalari Acer, Asus, Dell, HP va Lenovo tomonidan ishlab chiqariladi va ularning birinchi modellari 2026-yilning kuzida sotuvga chiqadi. Yangi qurilmalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — avvalroq Pixel C planshetida zaryadni ko‘rsatish uchun ishlatilgan Glowbar rangli chizig‘i bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google Fitbit Air aqlli fitnes-bilaguzugini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek