Vaziyat juda yomon ko‘rinsa ham, hech kim sizga yordam bermayotgandek tuyulsa ham, muvaffaqiyatga erishish mumkin bo‘lgan kunlardan biri. Qat’iy harakatlar va o‘z vaqtida qilingan sa’y-harakatlar juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritish yoki yaqindagina deyarli umidsiz bo‘lib ko‘ringan ishni uddalash imkoniyatini beradi. Intuitsiyaga quloq soling: u birinchi qadamni qo‘yish kerak bo‘lgan paytni o‘tkazib yubormaslikka yordam beradi. Quyida burjlar bo‘yicha 13-may uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)
Kun muhim yangiliklar olib keladi. Ular sizni rejalaringizni o‘zgartirishga majbur qilishi yoki qandaydir noodatiy, murakkab, ammo istiqbolli loyihalar ustida ishlashni boshlashga ilhomlantirishi mumkin. Shuni yodda tutingki, hamma narsa birdaniga amalga oshmaydi va dastlabki yutuqlarga erishishdan oldin bir nechta urinishlarni amalga oshirishga tayyor turing.
Buzoq (21.04 – 20.05)
Moliyaviy masalalarni hal qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Pul masalasiga kelsak, bugun hamma narsa unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin, ayniqsa, agar siz tasodifiy xaridlar va o‘ylamasdan sarflashga moyil bo‘lsangiz. Qaror qabul qilishda shoshilmaslikka harakat qiling. Bu kun kreditga biror narsa sotib olish yoki o‘zingizni boshqa majburiyatlar bilan bog‘lash, boshqalarning mablag‘laridan foydalanish yoki o‘z mablag‘laringizni xavf ostiga qo‘yish uchun eng yaxshi kun emas. Rejalashtirilmagan xaridlarni keyinga qoldirgan ma’qul.
Egizaklar (21.05 – 21.06)
Biror muhim rejangiz bo‘lsa, iloji boricha ertaroq harakatni boshlang. Bugun aynan ertalab murakkab vazifalarni hal etish uchun ham, siz katta umid bog‘lagan muzokaralarni o‘tkazish uchun ham qulay bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan ijobiy tendensiyalarning ta’siri kamayadi, yo‘lda to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin. Qat’iyatli bo‘lganlar ularni yengib o‘tishlari mumkin, ammo barcha ham bu bilan maqtana olmaydi. Agar siz qiyinchiliklar oldida chekinishga va boshlagan ishingizni yarim yo‘lda tashlab ketishga moyil ekanligingizni bilsangiz, qiyin vaziyatda sizga kim yordam berishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)
Ertalabki ba’zi voqealar sizga yoqmasligi mumkin, lekin xavotir olmang: buyog‘i yaxshi bo‘ladi. Ijobiy tendensiyalarning ta’siri ancha tez kuchga kiradi. Juda murakkab ishlarda yulduzlar yordamiga umid qilishingiz mumkinligi tushgacha ma’lum bo‘ladi, boshqa ittifoqchilar ham albatta topiladi. Kunning ikkinchi yarmi, ayniqsa, moliyaviy jihatdan omadli bo‘ladi.
Arslon (23.07 – 22.08)
Hatto oddiy ishga qo‘l ursangiz ham, kerakli natijani tezda olishni ko‘zlamang. Bugun kechikishlar ehtimoli yuqori va bu ishga ham, shaxsiy ishlarga ham, qandaydir ijodiy rejalarga ham tegishli. Shuning uchun sabrli bo‘ling va agar hamma narsa siz xohlagandek bo‘lishini kutishga to‘g‘ri kelsa, asabiylashmang.
Ko‘plar uchun bugun uzoq muddatli rejalarini yana bir bor o‘ylab ko‘rish foydali bo‘ladi. Ehtimol, siz ba’zi xatolarni e’tibordan chetda qoldirganingizni, nimanidir hisobga olmaganingizni ko‘rarsiz. Bundan tashqari, sizning ustuvorliklaringiz va istaklaringiz o‘zgargani va yangi maqsadlar sari harakat qilish vaqti kelgani ma’lum bo‘lishi mumkin.
Parizod (23.08 – 23.09)
Bu kun unchalik oson bo‘lmaydi, lekin uni butunlay umidsiz deb ham bo‘lmaydi. Hatto qandaydir o‘ta murakkab ish bilan band bo‘lsangiz ham, unda muvaffaqiyatga erishish imkoniyati bo‘ladi. Biroq bu siz kutganingizdan ko‘ra ko‘proq kuch va vaqt talab qilishi mumkin. Agar yangi ishga qo‘l urmoqchi bo‘lsangiz, shoshilmang: jiddiy tayyorgarlik ko‘rish yoki vaziyat qulaylashguncha kutish kerak bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Rejalashtirilmagan xarajatlar bo‘lishi mumkin. Katta ehtimol bilan, gap kichik summalar haqida boradi, ammo siz hali ham ular bilan xayrlashayotganda asabiylashishingiz mumkin. Sizdan talab qilinadigan asosiy narsa — pul haqiqatan ham kerakli narsalarga sarflanayotganiga ishonch hosil qilish.
Tarozi (24.09 – 23.10)
Bugun siz yo‘l-yo‘lakay qaror qabul qilishga tayyorsiz, atrofdagilar esa ikkilanib, turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda, hamma narsani ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga solmoqda. Eng hissiyotlilarni sodir bo‘layotgan voqealar bezovta qiladi. Burjning xotirjamroq vakillari bunga falsafiy yondashadi va to‘g‘ri yo‘l tutadi. Boshqalarni shoshiltirish har qanday holatda ham ma’nosiz, shuning uchun afsuslanarli kechikishlarni o‘z foydangizga ishlatish haqida o‘ylab ko‘ring. Siz ancha topqir bo‘lganingiz uchun, bu albatta amalga oshadi.
Chayon (24.10 – 22.11)
Uzoq vaqtdan beri qoldirib kelayotgan ishlaringizga qaytishingiz kerak. Bugun ularni juda tez yakunlashingiz mumkin, keyin esa yanada yoqimli va qiziqarli ishlarga o‘tishingiz mumkin. Shuningdek, ancha oldin boshlangan suhbatni davom ettirish yoki ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan masalani muhokama qilish uchun qulay kun bo‘ladi. Kerakli so‘zlarni ham, ishonarli dalillarni ham topa olasiz. Aynan siz hammaga yoqadigan yechimni taklif qilishingiz ehtimoldan xoli emas.
O‘qotar (23.11 – 21.12)
Yengil va betashvish kun bo‘lishi dargumon, ammo u albatta qandaydir ilhomlantiruvchi yangiliklar yoki rad etishni istamaydigan takliflarni olib keladi. Qandaydir eski ishlarga, hal bo‘lgandek tuyulgan muammolarga qaytishga tayyor bo‘ling. Sizni hech qachon xursand qilmagan odamlar bilan suhbatlashish kerak bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ammo bularning barchasi sizni izdan chiqarmaydi va kayfiyatingizni buzmaydi: barcha noxush daqiqalarga qaramay, siz odatdagi quvnoqligingizni saqlab qolasiz. Bu esa siz uzoq vaqtdan beri do‘stlashmoqchi bo‘lgan odamga juda yoqadi. Ehtimol, bu odamlar muloqotda o‘zlari tashabbus ko‘rsatar, siz esa faqat ularga tomon qadam tashlashingiz kerak bo‘ladi.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)
Kun ko‘plab muhim ishlar uchun qulay bo‘ladi. Siz shoshilmaysiz, avval harakat rejasini tuzib, keyin nimadir qilishni afzal ko‘rasiz. Bu behuda hayajonlanishdan ham, soxta umidlardan ham saqlaydi. Boshqalar asabiylashadigan va xavotirlanadigan joyda siz xotirjamlikni saqlaysiz, shuning uchun xatolarga yo‘l qo‘ymaysiz.
Shaxsiy munosabatlarda esa ijobiy tendensiyalarning ta’siri seziladi. Eski do‘stlar bilan uchrashuvlar yaxshi o‘tadi, ko‘plar yangi narsalarni bilib oladi yoki qiziqarli takliflar oladi. Faqat katta qarindoshlar bilan muloqotda, agar siz umumiy moliyaga oid ba’zi masalalarni muhokama qilishga qaror qilsangiz, keskin vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)
Sizni qiyin kun kutmoqda. Rejalashtirganingizdan ko‘ra ko‘proq ishlaringiz bo‘ladi va birinchi navbatda nima bilan shug‘ullanish kerakligi darhol aniq bo‘lmaydi. Ishda noaniq vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Uni tushunish va biror narsa qilish kerakmi yoki yo‘qligini hal qilish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, hech kim bilan maslahatlashishning iloji bo‘lmaydi, shuning uchun ichki tuyg‘ularingizga alohida e’tibor berishga harakat qiling.
Baliq (19.02 – 20.03)
Sizni ilhomlantiradigan ish bilan shug‘ullaning. Aynan shunday ishlar uchun kun eng mos keladi, aynan shu ishlarda siz eng katta muvaffaqiyatlarga erishishingiz mumkin. Ko‘plarning ijodiy qobiliyatlari bugun ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Atrofdagilar ularga e’tibor qaratadi va juda tez orada burj vakillari jozibali ishbilarmonlik takliflarini olishi ehtimoldan xoli emas.