Shvetsiyadan 20 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

eʼlon qilindi
Ular Toshkentga yetib keldi
Shvetsiyadan 20 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi
Foto: depositphotos

Migratsiya qonunchiligini buzgani uchun Shvetsiyadan deportatsiya qilingan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali Toshkentga yetib keldi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolarni vatanga qaytarish O‘zbekiston va Shvetsiyaning vakolatli organlari hamkorligida amalga oshirilgan.

Jarayon davomida fuqarolarni aniqlash, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni tashkil etish bilan bog‘liq barcha masalalar tezkor hal qilingan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish hamda chet eldagi fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada viza muddatini buzgan o‘zbekistonlik mamlakatdan chiqarib yuborilgandi. Qayd etilishicha, fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli biznes vizasi asosida kirgan. Biroq ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmagan va immigratsiya qoidalarini buzgan.

Shuningdek