Angrendagi ziplaynda ikki fuqaro to‘qnashib ketdi. Tashkilotchilar jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
FVV voqea yuz bergan joyga borib, o‘rgandi
Angrendagi ziplineda ikki fuqaro to‘qnashib ketdi, tashkilotchilar jarimaga tortildi / Foto: FVV

14-may kunining birinchi yarmida ijtimoiy tarmoqlarda ziplayn (trosli tushish moslamasi)da ikki fuqaroning to‘qnashuvi aks etgan video tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi attraksionda sodir bo‘lgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Toshkent viloyatining Angren shahridagi tog‘li hududda yuz bergan. Zipline moslamasida to‘qnashgan fuqarolar tan jarohati olmagan. Keyingi tekshiruvlar davomida mazkur attraksion tegishli tashkilotlarning hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarisiz, noqonuniy tarzda faoliyat yuritib kelgani aniqlangan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari hamda boshqa tegishli idoralar vakillari yetib borgan. Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, ziplayn demontaj qilinib, uni tashkil etgan shaxslarga nisbatan jarima chorasi qo‘llanilgan.

Vazirlik mutaxassislari fuqarolarni tegishli davlat idoralaridan ruxsat olmasdan faoliyat yuritayotgan attraksionlardan foydalanmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar fuqaroning hayotini saqlab qolgan edi.

Shuningdek