
Tojikistonda bo‘lib o‘tayotgan CAFA U-20 Championship musobaqasining ikkinchi turida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Afg‘oniston ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Uchrashuv 13-may kuni Tursunzoda shahridagi «Talko Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yindagi hisob 20-daqiqada Sarsenbayev tomonidan ochilgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib Sodiqov ikkinchi golni kiritdi.

O‘zbekistonliklar turnirdagi ilk o‘yinda Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasini ham 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘sha uchrashuvda Maratov va Sodiqov raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Navbatdagi uchrashuvda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 17-may kuni Tojikistonga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq Kurvis nashri O‘zbekiston U-17 Avstraliyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqqani haqida xabar bergan edi.