Lego 650 dollarga «Uzuklar hukmdori» to‘plami taqdim etdi

eʼlon qilindi
Yangi to‘plam sotuvi AQShda 4-iyun kuni boshlanadi
Foto: LEGO

Lego kompaniyasi «Uzuklar hukmdori» asari asosida yasalgan, Minas Tirit qal’asi tasvirlangan yangi to‘plamni ommaga namoyish etdi. To‘plam 4-iyun kuni AQSh bozoriga chiqariladi. Bu haqda Lego xabar berdi.

Foto: LEGO

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Lego so‘nggi yillarda ishlab chiqargan eng katta konstruktorlardan biri, shuningdek, «Uzuklar hukmdori» olami uchun yaratilgan eng yirik to‘plam hisoblanadi. Konstruktor 8 ming 278 ta qismdan iborat bo‘lib, yig‘ilgan qal’aning balandligi 59 santimetrga yetadi.

Foto: LEGO

To‘plam faqatgina qal’aning tashqi ko‘rinishini emas, balki taxt zali kabi ichki xonalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Gendalf, Aragorn va Denetor kabi asarning mashhur qahramonlari figurkalari ham mavjud. Yangi to‘plam narxi $650 ni tashkil qiladi.

Foto: LEGO

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lego yangi Smart play texnologiyasini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek