Markaziy bankni tekshirish endi Senat qarori asosida amalga oshiriladi

eʼlon qilindi
Tegishli qonun loyihasi Senatga yuborildi
O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 13% gacha pasaytirishi mumkin
Foto: Kursiv Uzbekistan

Endilikda Markaziy bank, uning hududiy bosh boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatini tekshirish faqat Senat qarori yoki qonunda belgilangan hollarda amalga oshirilishi belgilanmoqda. Tegishli qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, Senatga yuborildi.

Shuningdek, loyiha bilan Markaziy bankning ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini kelishish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish taklif qilinmoqda.

Unda moliya bozorida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda Markaziy bankka tezkor huquqiy choralar ko‘rish imkonini beruvchi qoidalar ham nazarda tutilgan.

Deputatlar ushbu hujjat bank tizimidagi xavflarni boshqarish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va xalqaro tajribani joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MB aprel oyida ikkita bank va ikkita mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘llagani haqida xabar berilgandi. Tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar va qonunchilik talablariga rioya qilinmagani sababli ikkita bank hamda ikkita mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Shuningdek