Prezident Qozog‘istonda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Tadbir doirasida kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi
Prezident Qozog‘istonda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etadi / Foto: O‘zA

Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Turkiston shahrida o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sammit «Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish» mavzusida bo‘lib o‘tadi. Sammit davomida savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya yo‘nalishlaridagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va sun’iy intellektni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha fikr almashilishi rejalashtirilgan.

Tadbir doirasida delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqadilar. Sammit yakunida Turkiston deklaratsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktorini qabul qilgan edi. Unda O‘zbekiston va jamg‘arma o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek