Qaysi Xiaomi qurilmalari HyperOS 3.1 yangilanishini oldi

14-may 2026 10:00 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Qaysi Xiaomi qurilmalari HyperOS 3.1 yangilanishini oldi
Foto: Gizchina

Xiaomi Android 16 asosidagi HyperOS 3.1 tizimini tarqatishni deyarli yakunladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, mos qurilmalarning 85 foizdan ortig‘i allaqachon yangi tizimni qabul qilgan.

Yangilanish Xiaomi tarixidagi eng tez tarqalgan dasturiy ta’minotlardan biri bo‘ldi. Android 16 ishlaydigan Xiaomi qurilmalari to‘liq yangilangan. Endi asosan budjet va o‘rta segmentdagi 17 ta model qolgan.

Hali HyperOS 3.1 olmagan qurilmalar:

  • Redmi 14C;
  • Redmi A3 Pro;
  • Redmi 13;
  • Redmi 13X;
  • Redmi Note 14 Pro 4G;
  • Redmi Pad 2 Pro 5G;
  • Redmi Pad SE 4G;
  • Redmi Pad 2;
  • Redmi Note 14 4G;
  • Redmi A4;
  • Poco C75 5G;
  • Poco M6;
  • Poco C75;
  • Poco Pad M1;
  • Poco C85 4G;
  • Poco M7 4G;
  • Redmi Note 15 Pro 4G.

HyperOS 3.1’da interfeys sezilarli yangilangan. Xiaomi HyperIsland dinamik bildirishnoma tizimini qayta ishlagan, ko‘p vazifali rejimni yaxshilagan va HyperConnect platformasini tezlashtirgan.

Kompaniyaga ko‘ra, smartfon, planshet va taqiladigan qurilmalar o‘rtasida sinxronlash va fayl almashish endi tezroq ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi Band 10 Pro yengil dizayn bilan taqdim etilgani xabar qilingandi. Lu Weibingning ma’lum qilishicha, yangi modelning qalinligi atigi 9,7 mm, og‘irligi esa 21,6 grammni tashkil etadi. Qurilma alyuminiy qotishmadan tayyorlangan bo‘lib, dizaynda yengillik va qulaylikka alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek