Samsung Galaxy S26’ga talab kuchaygani sabab ishlab chiqarishni oshirmoqda

14-may 2026 10:38 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Samsung Galaxy S26’ga talab oshgani sabab ishlab chiqarishni oshirmoqda
Foto: depositphotos

Samsung Galaxy S26 smartfonlariga talab yuqori bo‘lgani sabab ishlab chiqarish rejasini ketma-ket ikkinchi oy oshirdi. Bu haqda Sammobile xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, kompaniya may oyida 2,4 – 2,5 mln dona Galaxy S26 ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Dastlab esa may uchun 1,9 – 2,1 mln qurilma ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan edi.

Samsung avval ham aprel oyidagi ishlab chiqarish rejasini oshirgandi. Kompaniya dastlab 2,4 mln smartfon ishlab chiqarishni rejalashtirgan, keyin bu ko‘rsatkich 3 mln donagacha yetkazilgan.

Yangi rejaga ko‘ra, may oyida:

  • 1 mln Galaxy S26;
  • 200 ming Galaxy S26+;
  • 1,2 – 1,3 mln Galaxy S26 Ultra ishlab chiqariladi.

Ma’lum qilinishicha, eng katta talab Galaxy S26 Ultra modeliga kuzatilmoqda.

Komponentlar bozoridagi manba odatda flagmanlar taqdimotidan ikki oy o‘tib buyurtmalar kamayishini aytgan. Biroq Galaxy S26 holatida buyurtmalar hajmi hali ham yuqori darajada qolmoqda. Bu esa seriyaga qiziqish kutilganidan uzoqroq davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung One UI 9 tizimidagi asosiy yangiliklarni ochiqlagandi. Ma’lumotga ko‘ra, yangilanish interfeys, xavfsizlik va qulaylik borasida bir qator o‘zgarishlarni olib keladi.

Shuningdek