Sindarov mukofot jamg‘armasi $475 ming bo‘lgan turnirda ishtirok etadi

14-may 2026 14:00 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Javohir Sindarov va Garri Kasparov / Foto: UzChess

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Ruminiyada o‘tkaziladigan, mukofot jamg‘armasi $475 ming bo‘lgan nufuzli Grand Chess Tour musobaqasida ishtirok etadi. Bu haqda UzChess xabar bermoqda.

Foto: UzChess

Musobaqa 9 raunddan iborat bo‘lib, aylanma tizimida o‘tkaziladi. Vaqt nazorati klassik qoidalarga muvofiq belgilanadi. Bunda shaxmatchilarga 40 ta yurish uchun 90 daqiqa va har bir yurish uchun qo‘shimcha 30 soniya vaqt beriladi.

Javohir Sindarov va Garri Kasparov / Foto: UzChess

Turnirda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari, jumladan Fabiano Karuana, Alireza Firouzja, Praggnanandhaa Rameshbabu kabi taniqli grossmeysterlar qatnashadi. Musobaqaning ochilish marosimida Javohir Sindarov sobiq jahon chempioni Garri Kasparov bilan uchrashgan.

Turnirning birinchi turida o‘zbekistonlik shaxmatchi mezbon Bogdan-Daniel Deak bilan bellashadi. Bahs 14-may kuni soat 18:00 da boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekstan Javohir Sindarov Polshadagi turnirda 7-o‘rinni olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek