Yangiliklar

7 turdagi un mahsuloti standart talablariga javob bermadi — ekspertiza

Buxoro, Jizzax, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida
7 turdagi un mahsuloti standart talablariga javob bermadi / Foto: Quantity

Raqobat qo‘mitasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ichki bozordagi un mahsulotlari sifatini tekshirish maqsadida ekspertiza tahlillarini o‘tkazdi. Unda yetti nomdagi un mahsuloti belgilangan normativ-texnik hujjatlar talablariga mos emasligi aniqlandi.

2026-yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo‘ylab savdo shoxobchalaridan jami 35 turdagi un mahsulotidan namunalar olinib, laboratoriyalarga topshirilgan. Jumladan, Buxoro, Jizzax, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida tekshirilgan un mahsulotlarida asosan temir va ruh miqdorining standart talablariga mos kelmasligi hamda mikronutriyentlar bilan boyitish me’yorlari buzilgani aniqlangan.

Talablarga javob bermagan barcha un mahsulotlari va ularda aniqlangan kamchiliklar:

ViloyatUn mahsulotiIshlab chiqaruvchiAniqlangan kamchilik
Buxoro viloyati«Mufassal»«Sof Group» MChJTemir va ruh miqdori standart talablariga javob bermagan
Buxoro viloyati«Asian Grain»«Asian Golden Grain Products» MChJTemir va ruh miqdori standart talablariga javob bermagan
Jizzax viloyati«Lazzat Gold»«Jizzaxdonmahsulotlari» AJMikronutriyentlar bilan boyitish me’yorlariga mos kelmagan
Jizzax viloyati«ZEBO»«ELEEF» MChJMikronutriyentlar bilan boyitish me’yorlariga mos kelmagan
Samarqand viloyati«Biday un 777»«Best Mak Sapellini» MChJTemir va ruh ko‘rsatkichlari talabga javob bermagan
Farg‘ona viloyati«Muxabbat»«QUANTITY CLASS» MChJLaboratoriya tahlillarida nomuvofiq deb topilgan
Farg‘ona viloyati«DASTARXAN MUKA»«ASHRAF RAMAZAN» MChJ QKLaboratoriya tahlillarida nomuvofiq deb topilgan

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ushbu korxonalarga mahsulotlarni belgilangan standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga qonunbuzilish holatlariga huquqiy baho berish uchun tegishli ma’lumotlar yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita tomonidan 21 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlangan edi.