25-maydan Prezident maktablariga qabul boshlanadi

eʼlon qilindi
Qabul 25-maydan 14-iyungacha davom etadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari 2026/2027-o‘quv yili uchun yangi qabul jarayonini rasman boshladi. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qabul 25-maydan 14-iyungacha davom etadi va arizalar to‘liq onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi.

Tizimga ko‘ra, Prezident maktablariga ariza topshirish uchun bir qator hujjatlar talab etiladi. Jumladan, o‘quvchining so‘nggi 2 oyda olingan fotosurati, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, maktab tomonidan tasdiqlangan yoki QR-kodli elektron baholar tabeli, ota-onaning pasport ma’lumotlari hamda aloqa telefon raqamlari taqdim etilishi lozim.

Qabul shartlariga ko‘ra, nomzodlarning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinf yakuniy baholari «5» (a’lo) bo‘lishi talab etiladi. Bu talab saralash jarayonida asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.

Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar 5-sinfga qabul qilinadi. Jarayonning barcha bosqichlari raqamlashtirilgan bo‘lib, ota-onalar uchun hujjat topshirish ancha soddalashtirilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1206 qisqa raqamli call-markazga murojaat qilish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlangani haqida yozgandi.

Shuningdek