Prezident tashabbusi bilan 100 nafar vatandosh Haj safariga yuboriladi

eʼlon qilindi
Yo‘llanma berilganlar orasida turli kasb va soha vakillari bor
Prezident tashabbusi bilan 100 nafar vatandosh Haj safariga yuboriladi / Foto: Muslim.uz

Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 100 nafar o‘zbekistonlik «Prezident hojisi» sifatida Haj ziyoratiga bepul yuborilmoqda. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmetbekovning ma’lum qilishicha, bepul yo‘llanma berilganlar orasida turli kasb va soha vakillari bor. Ularning barchasi «Prezident hojisi» dasturi asosida Haj safariga yuboriladi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilda O‘zbekistondan 15 mingdan ortiq ziyoratchilar Hajga boradi. Tasdiqlangan dastur bilan mamlakat bo‘ylab 9 ta hududiy aeroportdan jami 70 ta maxsus aviareys amalga oshiriladi. Ushbu reyslar orqali jami 15 130 nafar ziyoratchi Saudiya Arabistonidagi muqaddas qadamjolarga yetib boradi.

Barcha aviaparvozlar Toshkent – Madina yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri bajariladi. Ziyoratchilarni aeroportlarda ro‘yxatdan o‘tkazish, bojxona nazoratidan o‘tkazish va parvozga tayyorlash jarayonlari tartibli tashkil etilgan bo‘lib, yo‘lovchilar uchun kutish zallarida zarur sharoitlar yaratib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 2-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:10 da Toshkent xalqaro aeroportidan Madina shahriga ilk ziyoratchilar guruhi jo‘nab ketdi va shu bilan mavsumning tantanali ochilishi amalga oshirildi.

Shuningdek