Dollar hafta davomida qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi
Dollar kursi hafta davomida 166,58 so‘mga tushdi
Dollar hafta davomida qanday o‘zgardi
Foto: depositphotos

Dollar kursi hafta davomida ham o‘sish, ham pasayish dinamikalarini ko‘rsatdi. «Kursiv» nashrining ushbu maqolasida dollar kursining hafta davomidagi o‘zgarishlari haqida so‘z boradi.

Dollarning o‘zgarishi

Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

Hafta boshida, 12-may kuni AQSh dollari 26,97 so‘mga oshib, 12 141,94 so‘mni, 13-mayda 3,71 so‘mga oshib, 12 145,65 so‘mni tashkil etdi. Ammo 14-may kuni dollar 72,23 so‘mga tushib, 12 073,42 so‘mni va 15-may kuni yana 98,06 so‘mga tushib, 11 975,36 so‘mni qayd etdi.

Umuman olganda, dollar kursi hafta davomida 166,58 so‘mga tushdi.

Savdo hajmlari

Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

SanaMiqdor
12-may2,32 trln so‘m
13-may1,45 trln so‘m
14-may2,45 trln so‘m
15-may1,65 trln so‘m
Jami7,87 trln so‘m

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 18-may uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi

Shuningdek