Yangi va eski Chevrolet Equinox: modellar qanday farqlanadi

16-may 2026 11:11 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Foto: SI yordamida tahrirlandi / GM Authority

2025-yilda taqdim etilgan yangi avlod Chevrolet Equinox dizayni avvalgi modelga nisbatan sezilarli darajada o‘zgardi. GM Authority ikkita modelni solishtirib, farqlarini ochiqladi.

Yangi Equinox yanada agressiv, baland va yo‘ltanlamas uslubiga yaqin ko‘rinishga ega bo‘ldi. Oldingi avlod esa yumaloqroq va soddaroq dizayni bilan ajralib turardi.

Texnik o‘lchamlar deyarli o‘zgarmagan. Yangi modelning uzunligi atigi 0,1 dyuymga, balandligi 0,2 dyuymga oshgan. Eng katta farq kuzov kengligida bo‘lib, u 2,3 dyuymga kengaygan.

Foto: GM Authority

Chevrolet yangi modelda g‘ildiraklarni kuzov burchaklariga yaqinroq joylashtirgan. Shu sabab Equinox kengroq va sport uslubidagi avtomobildek ko‘rinadi.

Old qismida ikki qavatli yangi faralar o‘rnatilgan. Kapot tekisroq shaklga ega bo‘lib, pikaplarga o‘xshash uslub paydo bo‘lgan.

Foto: GM Authority

Yon tomonda oynalar yuqoriroq joylashgan. Bu avtomobilni kattaroq va balandroq ko‘rsatadi. Orqa qismidagi yangi C ustuni esa kuzovga yanada mushakdor ko‘rinish bergan.

Yangi Equinox RS qora dekor elementlari bilan jihozlangan. Avvalgi Equinox esa xrom detallardan ko‘proq foydalangan.

Foto: GM Authority

Natijada Chevrolet Equinox oddiy oilaviy krossoverdan ko‘ra sarguzashtlarga mos va kuchliroq avtomobil ko‘rinishini olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi avlod Chevrolet Equinox IIHS tashkiloti o‘tkazgan yangilangan avariya sinovlarida yuqori natija ko‘rsatgandi. Sinovda 2025-yilgi Chevrolet Equinox LT AWD modeli qatnashdi. Ushbu natija 2026-yilgi modellarga ham tegishli ekani aytildi.

Shuningdek